Merkel AQSHning boshiga tushganlardan afsusda
Olam
−
07 yanvar 2021 4967 1 daqiqa
Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylovlarda mag‘lubiyatini tan olmaganidan afsusda ekanini aytdi. Vashingtondagi voqealar uni "g‘azablantirgan va xafa qilgan".
"Tramp noyabr oyidan beri mag‘lubiyatini tan olmaganidan afsusdaman. Demokratiyaning asosiy qoidasi shundaki, g‘oliblar va mag‘lublar bor”, deydi Merkel. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHda bir necha hafta ichida demokratiyaning yangi sahifasi ochiladi.
6 yanvar kuni amaldagi Prezident Donald Trampning minglab tarafdorlari Kapitoliy yonida norozilik namoyishlari o‘tkazdi, so‘ngra ularning ba’zilari AQSHdagi Prezident saylovlari natijalari tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongress binosiga bostirib kirdi. Hujum 1814 yilda Angliya-Amerika urushidagi Angliya hujumidan beri AQSH Kongressi binosiga qilingan birinchi bosqinchilik hisoblanadi.
To‘ntarishga urinishda 4 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq namoyishchi jarohatlandi.
Eslatib o‘tamiz, Senat va AQSH Kongressi Vakillar Palatasi qo‘shma yig‘ilishda demokrat Jozef Baydenning 3 noyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alabasini tasdiqladi.
Live
Barchasi