“Men Grutman”. Mashhur multfilmining yangi fasli namoyish etiladi
Madaniyat-san’at
−
08 avgust 2023 6481 1 daqiqa
2022 yil avgust oyida ilk premerasi bo‘lib o‘tgan “Men Grutman” filmi dunyo kinoteatrlarida iliq kutib olingan edi. Rejissyor ushbu filmning navbatdagi qismini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Gamemag” nashri xabar berdi.
Rotten Tomatos filmining birinchi qismi multfilm tanqidchilari tomonidan 88 foiz va tomoshabinlar tomonidan 73 foiz maqtovlarga erishgan. Shuningdek, animatsion film “Kinopoisk” platformasida 10 balldan 7,2 ball olgan. Muxlislar Grut tez orada yangi sarguzashtlar bilan qaytishiga umid qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, filmning davomini uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi. Disney+ “Men Grutman” filmining 2-faslini shu yilning sentyabr oyida chiqaradi. Multfilmning yangi epizodlari 6 sentyabrda bo‘lib o‘tadigan “Loki” kinokartinasi 2-mavsumining premerasidan oldin efirga chiqadi. 10 noyabr kuni esa Marvel Studio o‘zining “Mo‘’jizalar” filmi (“Kapitan Marvel” filmining davomi)ni butun dunyo ekranlarida namoyish etadi.
“Men Grutman” 2-faslining syujeti hali e’lon qilinmagan. Filmning 1-fasli 5 ta qismdan iborat edi. Kutilganidek, yangi fasl ham 5 qismni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Gollivudning taniqli aktyori Tom Kruz kosmosda suratga olinishi kutilayotgan film uchun dastlabki tayyorgarlikni boshlagan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr