Meksika sohillarida tonnalab kokain ortilgan suvosti kemasi topildi

Olam

image

Kecha, 27 iyun kuni Meksika Harbiy-dengiz kuchlari dengizchilari Gererro shtati sohillarida 3,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasini aniqladi. Bu haqda mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari kotibiyati rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, giyohvand moddalarni noqonuniy tashishning oldini olish bo‘yicha operatsiyada Bosh prokuratura, Milliy mudofaa kotibiyati, Milliy gvardiya hamda Fuqarolar xavfsizligi va himoyasi kotibiyati vakillari ishtirok etgan.

Harbiy-dengiz kuchlari to‘xtatgan suvosti kemasida uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ular hibsga olingan va politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Ma’lumot uchun, Meksika narkomafiyasi allaqachon ko‘p yillardan beri yuk avtomobili sig‘imiga teng hajmda yuk tashishga mo‘ljallangan, qo‘lda yasalgan yarim-suvosti kemalardan foydalanib keladi. Bunday kemalar odatda 4-5 metr chuqurlikka sho‘ng‘iydi. 2025 yilda Meksika huquq-tartibot idoralari patrullik chog‘ida jami 44,8 tonna kokainni musodara qilgan.

Bunga qadar AQSH Moliya vazirligi uchta Meksika bankiga narko-kartellarga yordam bergani uchun sanksiyalar joriy qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi 2023 yilda dunyo bo‘ylab 3,7 ming tonnadan ortiq kokain ishlab chiqarilgani va tarixdagi rekord ko‘rsatkichga yetganini xabar qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika kokain narkomafiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing