O‘qituvchi paxta dalasiga nega borgani ochiqlandi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2025 25080 1 daqiqa
Avvalroq, Jizzaxdagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Gulbahor Samadova 11 sentyabr kuni qabul qilingan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan davlat mukofotiga – “Shuhrat” medaliga loyiq ko‘rilgani haqidagi ma’lumotni paxta dalasida eshitgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holatga Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
“Agar tasvir oxiriga qadar tomosha qilinsa, Gulbahor Samadova tomonidan “Shu kuni faol xotin-qizlar bilan birgalikda terimda o‘z ixtiyorim bilan ko‘ngilli tarzda ishtirok etdim”, deya suhbatdoshi fikriga munosabat bildirib o‘tilgan”, deyilgan unda.
Holat yuzasidan o‘rganish olib borilganda Gulbahor Samadova paxta dalasiga “hashar oshi” olib borganligi ma’lum bo‘lgan.
Live
Barchasi