Mbappe bugun “Real” futbolchisi deb e’lon qilinadi
Sport
−
03 iyun 2024 4046 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga “Real”ga o‘tishi bugun e’lon qilinishini aytdi. Bu haqda jurnalist Andres Ramos X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Kilian Mbappening transferi bugun kechqurun rasman e’lon qilinadi. Futbolchi allaqachon Madrid klubi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolab bo‘lgan.
Joriy mavsum 25 yoshli Mbappe 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 180 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe Fransiya Olimpiya terma jamoasining Olimpiada uchun qaydnomasiga kiritilmagani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr