Mashhur meksikalik narkobaron AQSH qamoqxonasidan ozod qilindi 

Olam

image

Meksika tarixidagi eng mashhur narkobaronlardan biri Osiyel Kardenas AQSH qamoqxonasidan ozod qilindi. Kecha, 30 avgust kuni u deportatsiya qilinishi uchun immigratsiya xizmati xodimlariga topshirilgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, “Ko‘rfaz” kartelining sobiq rahbari Kardenas Meksika o‘tmishidagi eng qonli zo‘ravonliklarni uyushtirgan to‘daga raislik qilgan. U bir qator yirik firibgarlik taktikalarini qo‘llash orqali giyohvand moddalar savdosini amalga oshirishda ayblangan. Kardenas sobiq armiya maxsus kuchlaridan tashkil topgan “Ko‘rfaz” kartelining qurolli qanoti – “Zetas”ga asos solgan.

U 2003 yilda qurolli jangdan so‘ng qo‘lga olingan va 2007 yilda AQSHga ekstraditsiya qilingan. 2010 yilda 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. “Zetas” keyinchalik o‘z-o‘zidan tarqalib ketgan va birmuncha vaqt davomida Meksikadagi eng halokatli jinoiy guruhga aylangan.

AQSH qamoqxona xizmati matbuot kotibiga ko‘ra, Kardenas kecha, 30 avgust kuni AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati hibsxonasiga topshirilgan. Uning Meksikaga deportatsiya qilinishi yoki AQSHda qolishi aniq emas.

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, Bayden ma’muriyati 2 sentyabr kuni Kardenasni Meksikaga topshirishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika narkobaron Osiel' Kardenas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing