Martinellini Saudiya jamoasiga o‘tishga yaqin – Romano
Sport
−
12:39 337 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Gabriel Martinellini transfer qilishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, klublar transfer shartlari bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgan. Saudiya Arabistoni grandi braziliyalik futbolchi uchun taxminan 50–55 million funt sterling (58–64 million yevro) taklif qilmoqda. “Arsenal” ushbu taklifni qabul qilishi mumkin.
Shuningdek, futbolchining o‘ziga ham shartnoma taklifi yuborilgan. “Al-Hilol” transferni yaqin kunlarda yakunlashga umid qilmoqda.
Braziliyalik futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi.
Ma’lumot uchun, Martinelli o‘tgan mavsumda Martinelli barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 2026 yilgi Jahon chempionatida 4 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi.
Live
Barchasi