Markaziy Osiyodagi eng qimmat shaharlar reytingi tuzildi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 6 oyi yakuniga ko‘ra, Qozog‘istonning Olmaota shahri Markaziy Osiyo shaharlarida orasida yashash uchun eng qimmat shahar deb topildi. Bu “Numbeo” portali tomonidan e’lon qilingan reytingda keltirilgan.

Unga ko‘ra, Olmaotada yashash qiymati indeksi 29,4 punktni tashkil etib, uni jahon bo‘yicha 346-o‘ringa olib chiqqan. 

Shuningdek:

  • Bishkek (Qirg‘iziston) 26,8 indeks bilan 364-o‘rinda;
  • Ostona (Qozog‘iston) 26,5 punkt bilan 366-o‘rinda;
  • Toshkent (O‘zbekiston) esa 26,2 indeks bilan 370-o‘rinda turibdi.

Tojikiston va Turkmaniston shaharlari reytingda qayd etilmagan.

“Numbeo” portali ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda 4 kishilik oilaning uy-joy ijarasisiz o‘rtacha oylik xarajatlari 23 mln 39 ming so‘m deb baholanmoqda. Yolg‘iz yashovchi bir kishining xarajatlari esa o‘rtacha 6 mln 437 ming so‘mni tashkil qiladi. Toshkentda yashash qiymati Nyu-Yorknikidan 72,2 foiz arzonroq (uy-joy ijarasisiz hisoblanganda). Shuningdek, O‘zbekiston poytaxti Toshkentda uy-joy ijarasi Nyu-Yorkdagiga nisbatan o‘rtacha 84,5 foiz pastroq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahri “Oxford Economics Global Cities Index” reytingida 2025 yil uchun Markaziy Osiyodagi eng yaxshi shahar deb topilgandi. O‘zbekiston poytaxti Toshkent esa Markaziy Osiyodagi eng yaxshi shaharlar orasida 3-o‘rinni, dunyoda esa 471-o‘rinni qayd etgan. Ushbu reyting iqtisodiyot, inson kapitali, hayot sifati, ekologiya va boshqaruv kabi besh toifa bo‘yicha tuzilgan hamda unga 1000 ta shahar kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Markaziy Osiyo Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing