Markaziy Osiyo davlatlarining farovonlik darajasi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Markaziy Osiyo davlatlarining farovonlik darajasi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Londonda joylashgan Legatum Institute xalqaro tahliliy markazi tomonidan tuzilgan reytingda keltirilgan.

Ushbu reytingda Qozog‘iston 69-o‘rin, Qirg‘iziston 94, O‘zbekiston 100, Turkmaniston 107-o‘rinda qayd etilgan. Tojikiston ushbu reytingda dunyoning 167 davlati orasida 113-o‘rinni egallagan. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng past ko‘rsatkichdir.

Mutaxassislar Skandinaviya mamlakatlari – Daniya, Shvetsiya va Norvegiyani dunyodagi eng gullab-yashnayotgan davlatlar deb tan olishgan. Kuchli beshlikka Finlyandiya va Shveysariya ham kiritilgan.

Reytingni Somali, Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Yaman va Janubiy Sudan yakunlagan.

Farovonlik indeksi 2006 yildan beri dunyo mamlakatlari erishgan yutuqlarni ularning farovonligi nuqtai nazaridan o‘lchaydigan ko‘rsatkichdir. Indeks jamiyatning turli jihatlari va ijtimoiy farovonlik parametrlarini aks ettiruvchi 12 toifaga birlashtirilgan hisob-kitoblar asosida tuzilgan.

Legatum Institute 2007 yilda Dubayda joylashgan Legatum Group investitsiya firmasining xayriya bo‘limi bo‘lgan Legatum Foundation tomonidan tashkil etilgan. 2015 yilda unga xayriya maqomi berilgan. Legatum instituti 40 dan ortiq donorlar tomonidan moliyalashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo farovonlik darajasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing