Marg‘ilondagi “zapravka”da Matiz portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
15 aprel
5572Bugun, 15 aprel kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan “zapravka”larning birida Matiz avtomobilining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 15 aprel kuni soat 12:20 da Marg‘ilon shahar “Sholdirama” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan AGTKSHda Matiz avtomobiliga o‘rnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi to‘ldirish vaqtida portlagan.
“Hodisa natijasida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida “Toshkent–Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Changan rusumli avtotransport vositasida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.