“ManSiti”ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Sport

image

Premer-liganing 5 karra chempioni, Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Fernandino professional futboldan rasman nafaqaga chiqqanini e’lon qildi. Bu haqda “bein sports” xabar berdi.


40 yoshli yarim himoyachi futbolchilik faoliyatini boshlagan klubi “Atletiko Paranaense” safida so‘nggi marta maydonga tushganidan so‘ng, “Arena da Bayshada” o‘tkazilgan xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etdi.

“Bugun 30 daqiqa yugurishdan charchadim. Futbolda meni endi motivatsiya qiladigan hech narsa qolmadi. Men erisha oladigan barcha narsalarga erishdim, zavqlanadigan hamma narsadan zavq oldim. Endi oila bilan vaqt o‘tkazish vaqti keldi”, deydi futbolchi.

Fernandino Yevropa futboliga “Shaxtyor” orqali kirib kelgan bo‘lib, Ukraina klubiga oltita chempionlik va 2009 yilgi Yevropa Ligasini qo‘lga kiritishda yordam bergan. Keyinchalik u “Manchester Siti”ga o‘tib, klub tarixidagi eng muhim futbolchilardan biriga aylandi.

Fernandino “Manchester Siti” safida o‘tkazgan faoliyati davomida u 5 marta Premer-liga, 6 marta EFL kubogi va boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Fernandino Premer-ligada 264 ta o‘yin, 20 ta gol va 19 ta golli uzatma bilan klub tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Braziliya terma jamoasi safida esa Fernandino 10 ta Jahon chempionati uchrashuvida ishtirok etgan va 2019 yilgi Kopa Amerikada kumush medal olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter Mayami” klubi himoyachisi va “Barselona” afsonasi Jordi Alba MLS mavsumi yakunida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga “Manchester Siti” Fernandin'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing