Makron Tramp bilan Ukraina masalasida gaplashish uchun Oq uyga bordi (video)

Olam

image

Bugun, 24 fevral kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Oq uyga bordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oq uyda Tramp va Makron o‘rtasida Ukraina urushini tugatish istiqbollari muhokama qilinadi.

Nashrga ko‘ra, Makron ma’muriyat almashganidan keyin Trampning oldiga tashrif buyurgan birinchi Yevropa yetakchisiga aylangan.

“Ikki lider G7 chaqiruvida ishtirok etishi, ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi va keyin (mahalliy vaqt bilan) 14:00 ga rejalashtirilgan qo‘shma matbuot anjumaniga raislik qilishlari kerak edi”, deyiladi xabarda.

Ikki o‘rtadagi muzokaralar qanday o‘tayotgani haqida aniq ma’lumotlar taqdim etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvaloroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Kanada, Islandiya va Norvegiya vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Yevropa Ukrainada xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanini bildirgandi. U, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash asosiy ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ta’kidlagandi. Makronning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning maqsadi AQSH Prezidenti Donald Trampning urushni yakunlash istagi bilan mos keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Rossiya-Ukraina Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing