Makron ko‘rishish uchun qo‘l uzatgan Modiga javob qaytarmadi (video)

Olam

image

Bugun, 11 fevral kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijda o‘tayotgan AI Action xalqaro sun’iy intellekt sammitida ko‘rishish uchun qo‘l uzatgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga javob qaytarmadi. Sammit translyatsiyasi “Associated Press”ning YouTube kanalida e’lon qilindi.

Mehmonlarni kutib olgan Emmanuel Makron AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni qarshi olgan. Biroq Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining uzatilgan qo‘lini e’tiborsiz qoldirgan.

Biroq Makronning Modiga qo‘l uzatmagani aslida oldindan o‘zaro salomlashib bo‘lgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, ular sammitga birga kelgan, shuningdek, oldinroq e’lon qilingan fotosuratlarda Makron Modi bilan qo‘l berib ko‘rishgani va uni quchoqlagani aks etgan. Bundan tashqari, ikki yetakchi sammit ishtirokchilari bilan birgalikda suratga tushgan. Shu sababli, Makronning sammit davomida Modiga qo‘l bermasligi sovuq munosabatlar tufayli emas, balki oldindan salomlashib bo‘lishi bilan bog‘liq oddiy holat bo‘lishi mumkin.

Konferensiyada Narendra Modi sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rganish uchun investitsiyalarni ko‘paytirishga chaqirgan. AI Action 2025 sammitini tashkil qilgan Fransiya tomoni keyingi yili tadbir Hindistonda o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Prezidenti Anjey Duda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko sabab Bakuda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha sammiti – COP29 ishtirokchilari bilan suratga tushishidan bosh tortgan edi. Bu Belarusning Ukraina mojarosidagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan ramziy ajratish sifatida baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Hindiston sammit Emmanuel' Makron Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing