Madriddan ketib, “ketmoni uchmaganlar”

Sport

image

“Real Madrid” ko‘pchilik elita futbolchilar uchun eng yuqori manzil hisoblanadi va “Bernabeu”ni tark etganidan keyin ular faoliyatidagi keskin pasayishga duch keladi. Madrid klubi Ispaniya va Yevropani zabt etish uchun turli davrlarda tarkibini mashhur futbolchilar bilan to‘ldirgan.

Bugun biz “qirollik klubi”da jahon darajasidagi futbolchiga aylanib, jamoani tark etgandan keyin darajasini tushirib qo‘ygan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Ronaldo Nazario

Braziliya futboli afsonasi Ronaldo 2002-2006 yillar oralig‘ida Madrid klubida har mavsumda to‘purarlar qatorida bo‘lgan va faoliyatidagi eng zo‘r davrlarini o‘tkazgan. Shundan keyin Ronaldo murabbiy Fabio Kapello bilan janjallashib qoladi va 2007 yil yanvarida “Milan”ga o‘tib ketadi.

Aytish mumkinki, Ronaldo Ispaniyani tark etishdan oldinroq faoliyatida pasayish kuzatilgan. Ammo “Milan” safida 20 ta o‘yinda 9 ta gol urgan futbolchi ketma-ket jarohatlar sabab darajasini yo‘qotdi. Ronaldo 2009 yilga kelib Braziliyaga qaytdi va faoliyatini “Korintians” klubida davom ettirdi.

Kazemiro

Kazemiro 2015 yilda Madrid klubiga kelib qo‘shildi va jamoaning erishgan sovrinlarida o‘zining katta hissasini qo‘shdi. U “Real Madrid” safida jamoadoshlari Luka Modrich va Toni Kroos bilan birgalikda Yevropaning eng yaxshi yarim himoya uchligidan biriga aylandi. 2022 yilda 30 yoshli futbolchi 50 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tadi va “Old Trafford”dagi ilk mavsumdayoq jamoaga moslasha olmadi. Ayni damga kelib, Kazemiro “Manchester Yunayted”ni tark etishga yaqin turibdi.

Fernando Redondo

Tayanch yarim himoyachisi 1984 yilda “Real” tarkibiga kelib qo‘shiladi. Klubda 6 mavsum faoliyat olib boradi. Bu orada u klub bilan ikki karra La Liga va Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan. 2000 yilda Redondo “Milan”ga ko‘chib o‘tadi. Tizzasidan olgan dahshatli jarohati sabab, u “rossonerilar” tarkibidagi debyuti kechikdi. 2002 va 2004 yillar oralig‘ida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Maykl Ouen

“Liverpul” safidagi sermahsullik sabab Ouen 2004 yilda Florentino Peres qurayotgan “Galaktikos” tarkibiga ega “Real Madrid” safiga kelib qo‘shildi. 1 mavsum klub tarkibida faoliyat olib borgan hujumchi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. 2005 yilga kelib u Madridni tark etadi va “Nyukasl” tarkibiga borib qo‘shiladi. Jarohatlar uning faoliyatiga katta to‘sqinlik qildi.

Davor Shuker

Xorvatiyalik hujumchi 1996 yilda “Sevilya”dan olib kelingan. Shuker jamoa tarkibida Raul va Miyatovichlar bilan birga dahshatli hujum triosini tashkil qildi. Futbolchi klubdagi 3 yillik faoliyati davomida 109 ta o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol urdi va La Liga hamda Chempionlar ligasida zafar quchdi. Fransiyada bo‘lib o‘tgan 1998 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida “Oltin butsa” sohibi bo‘lgan Shuker o‘z avlodining eng mashhur hujumchilaridan biri hisoblanadi. Ammo uning “Real Madrid”dan keyingi “Arsenal”, “Vest Xem” va “Myunxen 1860” klublaridagi faoliyati muvaffaqiyatsiz o‘tgan.

Fernando Moriyentes

Moriyentes 1997 yilda “Real Madrid” safiga kelib qo‘shilgan va 2003 yilda “Monako”ga ijaraga berilgan. 2004 yilda Madridga qaytgan Moriyentes o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. 18 oy davomida barcha musobaqalarda 60 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2005 yilning yanvarida “Liverpul” futbolchini 6,3 million funt-sterlingga sotib oldi. Angliyadagi 1 yillik faoliyatdan keyin u 2006-2007 yilgi mavsumni “Valensiya” tarkibida o‘tkazib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2010 yilda esa u futbolchilik faoliyatini yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kazemiro Real Madrid Maykl Ouen Ronaldo Nazario Davor Shuker Fernando Mor'ientes Fernando Redondo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing