Madaniyat vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
10 iyul 6142 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, Jahongir Odilxo‘jayevich Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.
Bundan tashqari, Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahhorov ham O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Shu bilan birga, Sanjar Baxtiyorovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasining bosh inspektori lavozimidan ozod etilgan.
Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bahodir Majidovich Ahmedov, Avazxon Bahodirovich Tojixonov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Murodjon Abdullayevich Majidov, Yusufjon Kamoliddinovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hasan Solihov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi