Prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili o‘zgardi
Jamiyat
−
10 iyul 4766 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul kuni Hasan Ravshanovich Solihov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzoladi.
Ma’lumot uchun, Hasan Solihov bungacha Kreativ industriya parki direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, farmon bilan G‘iyosiddin Qutbiddinovich Rejabov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etilgan. G‘iyosiddin Rejabov joriy yilning aprelidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimida ishlab kelayotgandi.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul