Madyar Orbanning Ukrainaga bog‘liq vetosini bekor qilmoqchi

Olam

image

Kecha, 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalariga ko‘ra Vengriya parlamentida konstitutsiyaviy ko‘pchilikni (uchdan ikki qism o‘rinni) qo‘lga kiritgan Peter Madyar va uning partiyasi Ukrainaning Yevropa Ittifoqidan kredit olishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu haqda u bugun, 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bryussel aynan shunday qadamni kutayotgan edi”, deydi YeI mamlakatlaridan ikki diplomat. 

Ukraina krediti va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga qo‘yilgan vetoni olib tashlash – Yevropa Ittifoqi Viktor Orban rejimi davridagi demokratik me’yorlarning buzilishi sababli Vengriyaga berishni rad etib kelgan 35 milliard yevrogacha bo‘lgan mablag‘ni qayta ochish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi kerak.

Orban 2025 yil dekabr oyida YeIning boshqa a’zolari bilan birgalikda kreditni ma’qullagan, biroq fevral oyida Rossiya neftini Ukraina orqali “Do‘stlik” quvuri orqali haydash to‘xtab qolganida kutilmaganda o‘z roziligini qaytarib oldi. Quvur Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida shikastlangan edi, lekin Orban Ukrainani siyosiy sabablarga ko‘ra yetkazib berishni bloklashda aybladi. Rejaga ko‘ra, Kiyev mablag‘larni aprel oyidan boshlab olishi kerak edi.

Ukraina hukumatining bahosiga ko‘ra, joriy yilda mamlakatga 52 milliard dollar xorijiy moliyalashtirish zarur va defitsitning asosiy qismi YeI krediti hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan edi. “Bloomberg” xabariga ko‘ra, Ukrainaning byudjet va mudofaani moliyalashtirish uchun puli faqat iyun oyigacha yetadi. Bryussel Kiyevga pullarni tezroq o‘tkazish uchun tezkor harakat qilmoqchi. Hozirda YeIda raislik qilayotgan Kipr yaqin vaqt ichida blok elchilarining yig‘ilishida ushbu masalani ko‘taradi.

Madyar Budapesht Ukrainaga beriladigan kreditda ishtirok etmaslik huquqini o‘zida saqlab qolishini ta’kidlagan. U ushbu pozitsiyani saylovoldi kampaniyasi davomida ham bildirgan va uning hukumati Ukrainaga harbiy yordam bermasligini aytgan.

Yangi hukumat bir oy ichida o‘z vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. Doimiy ravishda veto huquqidan foydalangan va Vladimir Putinning “Troya oti” deb hisoblangan “abadiy tartibbuzar” Orbanning ketishi Yevropa Ittifoqiga Vengriya tomonidan Kiyevni faolroq qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriyadagi parlament saylovarida Bosh vazir Viktor Orban mag‘lubiyatni tan olgani va hatto muxolifatda bo‘lsa ham mamlakatga xizmat qilishini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Viktor Orban Peter Mad'yar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing