Mahkumlar bilan uçraşuv va videomuloqot tariflari özgarişi mumkin

Jamiyat

−

image

Özbekistonda jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlar bilan uzoq muddatli uçraşuvlar, masofaviy videomuloqot va telefon orqali suhbatlaşiş uçun yangi tariflar joriy etilişi mumkin. Bu haqda Içki işlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Jazoni ijro etiş muassasalarida uzoq muddatli uçraşuv xonalarini taqdim etiş, masofali video-uçraşuv va telefon sözlaşuvi uçun tölov tariflari va tölovlarni amalga oşiriş hamda tuşgan mablağlarni hisobga oliş, taqsimlaş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qöşma qarori loyihasida keltirilgan.

Unga köra, uzoq muddatli uçraşuv xonalaridan foydalanganlik uçun tölov bazaviy hisoblaş miqdoriga (BHM) nisbatan belgilanadi. Jumladan, bir sutka uçun ikki kişilik xona BHMning 20 foizi (88 ming söm), uç kişilik xona 25 foizi (110 ming söm), tört kişilik xona esa 30 foizi (132 ming söm) miqdorida baholanadi. Tölovlar faqat naqd pulsiz şaklda amalga oşiriladi va muassasa xodimlari tomonidan naqd pul qabul qilinişiga yöl qöyilmaydi.

Şu bilan birga, “Qal’a” markazlaşgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladigan masofaviy videomuloqot va telefon suhbatlarining har bir daqiqasi uçun ham alohida tölov joriy etiladi. Unga köra, video-uçraşuvning bir daqiqasi uçun BHMning 0,5 foizi (2 200 söm), telefon suhbati uçun esa 0,1 foizi (440 söm) miqdorida tölov undiriladi. Bu mablağlar-töğridan-töğri mahkumning şaxsiy hisobvarağidan avtomatik tarzda yeçib olinadi.

Bundan taşqari, uzoq muddatli uçraşuv xonalaridan foydalanişda ayrim toifadagi şaxslar uçun imtiyozlar közda tutilgan. Jumladan, mahkumlar, 16 yoşgaça bölgan bolalar (boşqa kattalarsiz kelganda), I guruh nogironligi bölgan şaxslar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila a’zolaridan tölov undirilmaydi. Biroq uşbu imtiyozlar video va telefon muloqotlari uçun amal qilmaydi.

Muhokama bugun, 6 noyabrdan boşlab joriy yilning 16 noyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing