Niderlandiyada qamoqxonalar tölgani uçun mahkumlar ertaroq ozod qilinadi
Olam
−
11:49 183 2 daqiqa
Niderlandiyada qamoqxonalarda joy yetişmayotgani sabab ayrim mahkumlar jazo muddati tugaşidan tört haftagaça oldin ozodlikka çiqarilişi mumkin. Yangi çora avval faqat bir yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinganlarga nisbatan qöllangan bölsa, endi ikki yilgaça ozodlikdan mahrum etilganlarga ham tatbiq etiladi. Bu haqda NOS naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hukumat qamoqxonalardagi joy tanqisligini bartaraf etiş maqsadida muddatidan oldin ozod qiliş çoralarini kengaytirmoqda. Ötgan yili ayrim mahkumlarni jazo muddati tugaşidan ikki hafta oldin ozod qilişga qaror qilingan.
Yangi tartibga köra, endilikda ayollar ham muddatidan oldin ozod etilişi mumkin. Bunga qadar ayollar qamoqxonalarida joy yetarli bölgan. Biroq ularning ayrim kameralari erkak mahkumlarni joylaştiriş uçun ajratilgani sababli ayollar uçun ham joy tanqisligi yuzaga kelgan. Kutilişiça, ayol mahkumlar jazoni köpi bilan ikki hafta oldin tark etadi.
Şu bilan birga, jinsiy jinoyatlar sodir etgan mahkumlarga uşbu yengillik tatbiq etilmaydi. Qamoqxonalarda joy yetişmasligiga bir qança omillar sabab bölmoqda. Jumladan, “Veenhuizen” va “Sittard” kabi qamoqxonalarda ta’mirlaş işlari olib borilayotgani tufayli mahkumlarni joylaştiriş imkoniyati qisqargan. Bundan taşqari, qamoqxonalarda joy bölmagani sababli qamoqqa olinişi kerak bölgan önlab şaxslar politsiya bölimlaridagi kameralarda saqlanmoqda. Ularning soni ham ortib bormoqda.
Adliya masalalari böyiça davlat kotibi Van Bryuggenning parlamentga yöllagan maktubida ta’kidlanişiça, qöşimça çoralar körilmasa, ayrim qölga olingan şaxslarni ham ozod qilişga töğri kelişi mumkin.
U mazkur vaziyat jabrlanuvçilar va jamiyat uçun oğir xabar ekanini tan olgan. Şu bilan birga, jazosizlikning oldini oliş va vaqtinçalik favqulodda çoralarni imkon qadar tezroq bekor qilişga harakat qilinayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiyadagi jazoni ijro etiş muassasalarining tölişi böyiça yangi rekord örnatilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr