Luvrdagi Apollon galereyasi o‘g‘rilikdan 9 oy o‘tib qayta ochildi

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 22 iyul kuni Parijdagi Luvr muzeyi shov-shuvli o‘g‘rilikdan to‘qqiz oy o‘tib Apollon galereyasi faoliyatini qayta tikladi, biroq zargarlik eksponatlari zalga qaytarilmadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Muzey rahbariyatining qaroriga ko‘ra, takroriy hodisalarning oldini olish maqsadida mashhur tarixiy qimmatbaho buyumlar Luvrning yanada xavfsizroq va yaxshiroq himoyalangan xonasida ko‘rgazmaga qo‘yiladi.

Ochilish marosimida Madaniyat vaziri Katrin Pegar zalining tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochilishini boshdan kechirilgan fojiadan so‘ng yangi boshlanish ramzi deb atagan va mamlakatdagi barcha muzeylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 19 oktyabrda Luvrda o‘ta katta o‘g‘rilik sodir bo‘lgan edi. XIX asrga oid to‘qqizta zargarlik buyumi o‘g‘irlab ketilgan, ulardan biri – Napoleon III ning rafiqachi Yevgeniyaning tojini jinoyatchilar qochib ketayotganda tushirib yuborgan va shikastlagan.

E’lon qilingan o‘g‘irlangan buyumlar ro‘yxatida Napoleon tomonidan rafiqasi Mariya-Luizaga sovg‘a qilingan zumrad va olmoslardan iborat marjon, Yevgeniyaga tegishli bo‘lgan va deyarli 2 mingta olmos bilan bezatilgan diadema hamda Fransiyaning oxirgi qirolichasi Mariya Amaliyaga tegishli bo‘lgan, 8 ta safir va 631 ta olmos bilan bezatilgan marjon bor.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing