Lukashenko Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarining talabini “asossiz va ahmoqona” deb atadi (video)

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarining "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasini Belarus hududidan olib chiqish bo‘yicha talablarini asossiz va ahmoqona deb atadi. Bu haqda u respublika Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘z ochdi.

"Ular (Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari) allaqachon “Vagner” jangchilarini Belarusdan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, ularning o‘zlari harbiy byudjetlarni ko‘paytirmoqda, yirik harbiy qismlarni chegaramizga to‘plamoqda. Javob oddiy: Polshada ham, Litvada ham, boshqa Boltiqbo‘yi davlatlarida ham birorta chet ellik harbiy xizmatchi bo‘lmasligi kerak.O‘shandagina bizga bu yerda boshqa davlatlarning harbiy xizmatchilari borligi haqida da’vo qilishlari mumkin. Ayni paytda bular asossiz va ahmoqona talablar”, deydi Lukashenko.

Shuningdek, u Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari rahbariyati respublikada vagnerchilar borligi haqida ataylab “vahima” qo‘zg‘atayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 avgust kuni Polsha Ichki ishlar vaziri Mariush Kaminski Latviya, Litva va estoniyalik hamkorlari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida Minskka “Vagner guruhi zudlik bilan Belarus hududini tark etishi” talabini bildirgan. Shuningdek, u Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari jiddiy hodisalar yuz bergan taqdirda Belarus bilan chegarani va barcha chegara o‘tish joylarini yopishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Belarus' Lukashenko Vagner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing