Litva parlamenti maktabdan keyin majburiy harbiy xizmatga chaqirishni tasdiqladi
Olam
−
15 iyun
4762Litva Seymi (parlamenti) yoshlarni umumta’lim maktabida o‘qishni tugatgandan so‘ng to‘qqiz oylik majburiy harbiy xizmatga chaqirishni ma’qulladi. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.
Yangi tartib uchun 85 deputat ovoz berdi. Deputatlarning 14 nafari betaraf qolgan bo‘lsa, 3 nafari bu loyihaga qarshi chiqdi.
Ushbu buyruqqa ko‘ra, 17 yoshga to‘lgan bo‘lajak muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar chaqiruv uchastkalari bilan bog‘langan holda ular bilan aloqa qilishlari uchun shaxsiy ma’lumotlarini qoldirib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. Ular 18 yoshga to‘lganda va maktabni tugatganda armiyaga chaqirilishi mumkin.
Mudofaa vaziri Laurinas Kashyunas bu holat hali Litva umumiy harbiy xizmat tartibiga o‘tishini anglatmasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Litvada har yili harbiy xizmatga 4 mingga yaqin fuqaro chaqiriladi. Ushbu qonun orqali tartibga solinadigan yangi tizimda esa bu raqam 7 mingtagacha yetkaziladi.
LiveBarchasi