Litva hukumati iste’foga chiqdi

Olam

image

Litva hukumati Bosh vazir Gintautas Palutskasning ortidan iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy bayonot e’lon qildi.

“Bosh vazir iste’foga chiqqani munosabati bilan qonunga muvofiq hukumat o‘z vakolatlarini topshiradi va bu haqda Prezidentni xabardor qiladi”, deyiladi bayonotda.

Korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar ortidan lavozimidan ketgan Palutskas hukumatga minnatdorlik bildirgan.

“Bu biroz dramatik eshitilishi mumkin, lekin men iste’foga chiqaman, sizlar esa yangi Bosh vazir qanday, qaysi yo‘nalishlarda va qanday miqyosda o‘zgarishlar qilinishini hal qilguncha vaqtincha ishni davom ettirasiz”, deydi u.

Palutskas bugun, 4 avgust kuni iste’fosi haqida Prezident Gitanas Nausedaga xabar berishini bildirgan. Rasmiy jihatdan hukumat Prezident farmoyishidan so‘ng iste’foga chiqqan hisoblanadi.
 
“Elta” ma’lumotiga ko‘ra, vaqtincha bosh vazir vazifasini Moliya vaziri Rimantas Shajyus bajaradi. Prezident Nauseda esa 15 kun ichida yangi bosh vazir nomzodini taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ushbu nomzodni Seym – Litva parlamenti tasdiqlashi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Palutskasning iste’fosi u va oilasi bilan bog‘liq kompaniyalar atrofida olib borilayotgan tergovlar fonida yuz berdi. Prezident Nauseda 24 iyul kuni Palutskasga ikki hafta muhlat berib, vaziyatni tushuntirishni yoki lavozimdan ketishni talab qilgan edi. Ertasi kuni Bosh vazir ta’tilga chiqib, “asalari va asal bilan shug‘ullanishi kerakligini” bildirgandi.
 
Joriy yilning 31 iyul kuni Nauseda Bosh vazir unga qo‘ng‘iroq qilib, hukumat rahbari va Sotsial-demokratik partiya yetakchisi lavozimlaridan ketishga qaror qilganini ma’lum qilganini aytdi. Partiyani vaqtincha Yonava meri Mindaugas Sinkyavichyus boshqarib turadi. LRT nashriga ko‘ra, u Bosh vazir lavozimiga muqobil nomzodlardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gintautas Palutskas Litva hukumati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing