Lionel Messiga Mayami shahrining ramziy kaliti topshirildi

Sport

image

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi joriy yilning 5 noyabr kuni Kaseya markazida o‘tgan Amerika biznes-forumida ishtirok etdi. Forumda Mayami meri Frensis Suares Messiga shaharning kalitini topshirdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

“Ulug‘ shahrimiz, mamlakatimiz va futbol olami uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun ushbu kalitni sizga berishni xohlardim. Rahmat sizga”,  deydi Frensis Suares marosimda. 

“Rahmat, men bundan juda faxrlanaman. Biz bu shaharda yashayotganimizdan juda xursandmiz, o‘zimizni bu yerda baxtli va minnatdor his qilamiz”, deydi Messi Frensis Suares so‘zlariga javoban.

Shuningdek, Messi tadbirda 2022 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alabasi haqida ham fikr bildirdi.

“O‘yinchi uchun Jahon chempionatida g‘alaba qozonishdan buyukroq narsa yo‘q. Shundan keyin boshqa orzu qolmaydi”, dedi Messi.

Ma’lumot uchun, Messi 2023 yilda “Inter Mayami”ga qo‘shilganidan beri MLS ligasining eng yorqin yulduziga aylandi. Joriy mavsumda u 29 ta gol urib, 19 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Galatasaray” klubi Lionel Messini MLS’dagi tanaffus vaqtida to‘rt oylik ijara shartnomasi asosida o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Mayami Frensis Suares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing