Lekler “Ferrari” bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image

“Ferrari” jamoasi haydovchi Sharl Lekler bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. 

Yangi bitimning amal qilish muddati oshkor qilinmadi. Faqatgina shartnoma bir necha mavsumga mo‘ljallangani qayd etilgan.

“Ferrari” bilan yo‘limni davom ettirayotganimdan juda xursandman. Men uchun bu hech qachon shunchaki jamoa bo‘lmagan – bolaligimdan uning bir qismi bo‘lishni orzu qilganman. Yillar davomida u men uchun ikkinchi oilaga aylandi. Biz birgalikda katta g‘alabalarni ham, qiyin damlarni ham boshdan kechirdik. Ammo men bu jamoaga har qachongidan ham ko‘proq ishonaman va chempionlik unvonini Maranelloga qaytarish yo‘lida umumiy maqsadimiz sari intilishda davom etayotganimizdan mamnunman”, deydi Lekler.

Ma’lumot uchun, 28 yoshda Sharl Lekler 2016 yil mart oyida “Ferrari” haydovchilar akademiyasiga qo‘shilgan. U jamoa tarixida startlar soni va shohsupalarga ko‘tarilish bo‘yicha faqatgina germaniyalik afsona Mixael Shumaxerdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Joriy chempionatning besh bosqichidan so‘ng Lekler 75 ochko bilan haydovchilar umumiy reytingida uchinchi o‘rinda bormoqda. U faoliyati davomida “Formula 1” musobaqalarida 8 marta g‘alaba qozongan va 52 marta shohsupaga ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sharl' Lekler “Ferrari” “Formula 1”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing