Leapmotor xitoyliklar ishtirokida qaytadan sinovdan o‘tkaziladi
Jamiyat
−
04 aprel
6148Xitoyning Leapmotor avtomobillari O‘zbekistonda ushbu kompaniya mutaxassislari ishtirokida qayta sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi.
Bildirilishicha, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Leapmotor korxonasiga nisbatan qo‘yilgan cheklov yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.
Yaqin kunlarda Leapmotor kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning ishtirokida mahsulotlar sinovi qayta o‘tkaziladi. Sinov jarayonlari Leapmotor mutaxassislarining ishtirokida o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu kompaniyaning C16 modelli avtomobillari Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tekshiruvidan o‘tgani va avtomobillardagi elektromagnit shovqinlar BMT me’yorlaridan 16 barobar yuqori ekani, buning ortidan esa mazkur avtomobillarning O‘zbekistonga importi taqiqlab qo‘yilgani xabar qilingan edi.
Keyinroq esa elektromobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentga murojaat yo‘lladi. Erkin bozor tarafdori ekanini aytgan tadbirkorlar davlat rahbaridan cheklovlarni olib tashlash va ochiq bozorni qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan. Mazkur holat ortidan Biznes-ombudsman munosabat bildirib, tadbirkorlarning murojaati qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



