Kuchli yomg‘ir va shamol sabab qariyb 67 ming iste’molchi “svet”siz qoldi
Jamiyat
−
18 may
7880Bugun, 18 may kuni soat 10:00 holati bo‘yicha O‘zbekiston bo‘ylab yuz berayotgan kuchli yomg‘ir va shamol oqibatida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chiq qolmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Oqibatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi 66 ming 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilgan.
Bildirilishicha, hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 16-22 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 viloyati hududida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilgandi.