Ko‘chatlar qurib qolgani uchun Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdori jarimaga tortildi
3-sahifa
−
16 avgust 2023
5418Jizzax viloyatida ko‘chatlar qurib qolgani sababli Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘iga jarima solindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi Baxmal tumani bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Baxmal tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Fidokor” MFY hududiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 1332 tup manzarali ko‘chatlarning 450 tupi suvsizlik natijasida qurib qolgani aniqlangan.
“Bu bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 4,24,32-moddalari talablari buzilgan”, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘iga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 3-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, ya’ni 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida o‘tayotgan videoselektorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan rahbarlarni tanqid qilgan edi. Shuningdek, davlat rahbari deputatlar tomonidan taqdim qilingan daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdorini oshirishni ko‘zda tutuvchi qonnuni rad etgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi