Koronavirus bemorlarini uyda davolash uchun yangi tizim ishga tushiriladi

Jamiyat

image

Toshkentda “oilaviy poliklinika – mobil brigadalar – maxsus poliklinikalar – “103” tez yordam xizmati” tizimining uzviy ishlashini ta’minlash hisobiga bir haftada sog‘ayganlar ulushini 45 foizdan 58 foizga oshirishga erishildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Qayd etilishicha, bunday natijaga, birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi ishini yanada jonlantirish orqali erishilgan. Bunday choarlarni hududlarda ham amalga oshirish kerakligi uqtirildi.

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga hokimliklar va sektor rahbarlari bilan birga bir hafta muddatda “Toshkent shahri tajribasi” negizida hududlarda simptomsiz bemorlarni o‘z uyida mobil tibbiy guruhlar yordamida ularning ko‘mak va tavsiyalari asosida davolash tizimining joriy etilishini yakunlash vazifasi yuklatildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, hududlarda COVID-19ga chalinganlarni qabul qilish va saralash bo‘yicha markazlarni tashkil etgan holda, kichik shifoxonalarni o‘z profiliga muvofiq boshqa turdagi va surunkali kasallarni davolashga qaytarish lozimligini aytdi.

Avvalroq, Toshkent shahrida koronavirus bemorlarini qabul qilish uchun 10 ta maxsus poliklinika ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing