Koreya va Kanadaga yuborish va’dasi bilan odamlarni “uxlatganlar” ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida Koreya va Kanadaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Koreya davlatiga yuborishi evaziga 12 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.R. fuqaroni Koreya davlatidagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishi va viza olib berishini va’da qilib, 11 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 200 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.M. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Kanada va Koreya davlatlariga ketishlari uchun hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga jami 4 945 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida uch nafar fuqaroni Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan qariyb 20 ming AQSH dollari va 2 million so‘m olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing