Xorijda yurgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Qator davlatlarda mehnat migrantlarini qurolli harakatlarda ishtirok etishga yollash holatlari ko‘paymoqda. Shu sababli Migratsiya agentligi ogohlantirish bilan chiqdi.

Qurolli mojarolarda ishtirok etish jinoiy javobgarlikka olib keladi va quyidagilar qat’iy ravishda taqiqlanadi:

  • qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
  • harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
  • xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qo‘shilish;
  • shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish (verbovka) takliflariga rozilik berish.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga (Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish) muvofiq xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat o‘tash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Shubhali taklif yoki vaziyatlar yuzaga kelganda darhol O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari yoki Migratsiya agentligining vakolatxonalariga murojaat qilish so‘ralgan.

“Hayotingiz va erkinligingizni asrang.  Faqat qonun doirasida harakat qiling!”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi va Bosh razvedka boshqarmasi ko‘magida tashkil etilgan “Xochu jit” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 902 nafar O‘zbekiston fuqarosining ism-sharifini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

urush migrantlar qurolli harakat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing