Xorazmda talaba o‘tkir zotiljamdan vafot etdi
Jamiyat
−
03 dekabr 2023 13878 1 daqiqa
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi pnevmoniyadan vafot etdi. Bu haqda oliy o‘quv yurtining Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, kecha, 2 dekabr kuni, soat 12:00 atrofida Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Davolash fakulteti 1-bosqich talabasi Sherxon Aytboyev o‘tkir zotiljam (pnevmoniya) asoratlari boshlaganidan bugungi kungacha davo choralarini olib kelishiga, shuningdek, tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramay, vafot etgan.
“Tegishli idora va vazirlikga ma’lumotlar yetkazilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Xulosalar aniq bo‘lganidan keyin, qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr