Xorazmda sudya pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
02 iyul 10947 1 daqiqa
Bugun, 2 iyul kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tergov sudyasi pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oliy sud tashabbusi bilan huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi M.S. fuqaro O.R.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini arizachining talabi bilan qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Oliy sud keng jamoatchilik e’tiborini sud organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilayotganiga qaratib, sud tizimini nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganini ma’lum qiladi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yishga va’da berib, buning uchun pul olgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi