Xorazmda qaynota kelinini do‘pposlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
21 noyabr 2024 15613 1 daqiqa
Xorazm viloyatida qaynota kelinini vahshiylarcha urib o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, voqea Gurlan tumanida sodir bo‘lgan. Ayolning eri ishlash uchun Rossiyaga ketgan. 3 bola bilan yolg‘iz qolgan ayolni esa qaynotasi urib o‘ldirib qo‘ygan. Qaynota kelinni do‘pposlayotgan vaqtda qaynona eshiklarni tashqarisidan yopib turgani aytilmoqda.
QALAMPIR.UZ vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati prokuraturasi bilan bog‘landi. Prokuraturaning bizga ma’lum qilishicha, hozirda gumonlanuvchilar hibsga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida qaynota 33 yosh kelinini pichoqlab o‘ldirgandi. Mazkur holat yuzasidan qaynotaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr