Xoland yangi shartnoma bo‘yicha qancha maosh oladi?

Sport

image

Norvegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland “shaharliklar” bilan yangi shartnomasi bo‘yicha qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xoland yangi shartnoma shartlari bo‘yicha bonuslarni hisobga olmaganda, haftasiga 500 ming funt-sterling maosh oladi. Bu borada u APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Bunga qadar jamoadoshi Kevin De Bryuyne haftasiga 400 ming funt-sterling bilan bu borada yetakchi edi.

Ma’lumot o‘rnida, norvegiyalik hujumchi klub safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan. U joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Xolandning narxi “Transfermarkt” portalida 200 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, norvegiyalik hujumchi klubi bilan shartnomasini 2034 yilga qadar uzaytirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Erling Xoland The Guardian

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing