Xoland sabab “Borussiya” yirik hisobda g‘alaba qozondi
Sport
−
15 avgust 2021 3844 1 daqiqa
Germaniya Bundesligasining 1-turida Dortmundning “Borussiya” klubi Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda Erling Xoland ikkita gol urdi va ikkita golga assistentlik qildi.
Dastlab, 23-daqiqada Xolandning uzatmasidan so‘ng, Marko Roys klub safidagi 100-golini urdi, ammo oradan uch daqiqa o‘tib, Feliks Passlakning avtogoli muvozanatni tikladi.
32-daqiqada Xolandning uzatmasini Torgan Azar darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas 21 yoshli norvegiyalik futbolchining o‘zi hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi taym 58-daqiqasida Jovanni Reyna, 70-daqiqada esa Xoland yana bir marta frankfurtliklar darvozasini ishg‘ol etdi. O‘yin yakunlanayotgan bir pallada Petter Xauge hisobni qisqartirdi — 5:2.
Ma’lumot uchun, Erlin Xoland “Borussiya” tarkibida barcha musobaqalarda 61 uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta golga mualliflik qilgan.
Bu g‘alaba dortmundliklarning Germaniya chempionatidagi ketma-ket sakkizinchi g‘alabasi bo‘lib, 2011-12 yilgi mavsumda Yurgen Klopp qo‘l ostida qayd etilgan rekordni takrorladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr