Xodim boshlig‘ini 33 ming dollarini totalizatorda yutqazib qo‘ydi
3-sahifa
−
13 Sentabr 2021 12883 1 daqiqa
Chirchiqda ishchi boshlig‘ining ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan uning 33 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi. Olgan pullarining barchasini esa totalizatorda yutqazib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro X.S. “X.B.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, unga sherikchilik asosida chet-eldan qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar olib-kelib sotishni aytib, 33 ming AQSH dollarini olgan. Shundan ko‘rilgan foydadan ma’lum qismini berib turishni va’da qilgan.
Ma’lum qilinishicha, firibgar pulni qo‘lga kiritgandan so‘ng, summaning to‘liq qismini totalizator tikib, yutqazib qo‘ygan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025