Xivada xususiy bog‘cha rahbari bolani jarohatladi

3-sahifa

image

Joriy yilning 29 iyul kuni Xorazm viloyati Xiva tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida muassasa rahbari bolani jarohatladi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Xizmat tekshiruvi davomida aniqlanishicha, mazkur muassasada rahbar lavozimida ishlab kelayotgan J.M. tayyorlov guruhiga rus tili fanidan qatnashib yurgan U.Sh.ni she’rni yodlab kelmagani uchun chap yelka sohasini qo‘li bilan qattiq siqib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan bolaning yaqinlari tomonidan Xiva tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilingan va mazkur holat Xiva tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida muhokama qilingan. Ayni paytda Xiva tuman IIB xodimlari tomonidan holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Mazkur voqea bo‘yicha tegishli huquqiy baho berish, bola huquqlari va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, bu borada mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor X.O‘.ga qarashli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. tarbiyachining e’tiborsizligi tufayli elektr toki urishidan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Xiva xususiy bog'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing