Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Xitoyda sud Xanchjou elektron tijorat markazi kommunistik partiyasining sobiq rahbari Chjou Szyan’yunni poraxo‘rlikda ayblab, shartli o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.

Aytilishicha, amaldor olgan poralarning umumiy miqdori taxminan 25 million dollarni tashkil qilgan. Tergov mansabdor shaxsning korrupsion sxemalardagi ishtirokini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, u tashkilotlar va jismoniy shaxslardan pul olgan. Buning evaziga Chjou Szyan’yun yer bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga va qurilish loyihalariga yordam bergan.

Qayd etilishicha, mahkum 2001 yildan buyon shunday shartnomalarni imzolab kelgan. O‘sha paytda u tuman hokimi o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.

Bildirilishicha, siyosatchining o‘lim jazosi ikki yillik sinov muddatidan so‘ng umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi ham ehtimoldan xoli emas. Biroq Chjou Szyan’yun siyosiy huquqlardan mahrum qilinadi va mulki esa musodara qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Xitoy o'lim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing