Xitoy tuproq yig‘ish uchun kosmik kemasini Oyga qo‘ndirdi (video)
Bu qiziq
−
02 iyun 2024 8709 1 daqiqa
Xitoyning “Chan’e-6” zondining qo‘nish va uchish moduli tuproq yig‘ish missiyasi doirasida Oyning narigi tomoniga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda Xitoy milliy kosmik boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Koinot kemasi may oyi boshida Xitoy janubidagi Xaynan orolidagi Venchan sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan. Bugun, 2 iyun kuni erta tongda u Oyning narigi tomonida belgilangan Janubiy qutb-Eytken hududiga qo‘ndi.
“Chan’e-6” qo‘nganidan so‘ng ikki kun ichida Oyning narigi tomonidan tuproq namunalarini olishi kerak. “Sinxua” agentligining yozishicha, qurilma namunalarni olish uchun burg‘ulash va robot qo‘l bilan jihozlangan.
Agar “Chan’e-6” missiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Xitoy Oyning uzoq tomonidan namunalar to‘plagan va Yerga olib kelgan birinchi davlatga aylanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust