Xitoy gumanoid robotlar bozorida mutlaq yetakchilik qilmoqda

Texnologiya

image

Hozirda jahon bozoridagi odamsimon robotlarning 80 foizdan ortig‘i Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Qayd etilishicha, AgiBot va Unitree Robotics kompaniyalari Xitoyga 2026 yilda jahon bozorining katta qismini egallash imkonini beradi, 2027 yilga borib esa gumanoid robotlar bozori hajmi olti baravar oshishi kutilmoqda.

Milliy startaplar – AgiBot va Unitree Robotics hisobiga Xitoy inson qiyofasidagi robotlarning har beshtadan to‘rttasidan ko‘prog‘ini o‘zida jamlagan. Tahlilchilarga ko‘ra, ushbu sohada ommaviy ishlab chiqarish va tijoriylashtirish jarayoni tezlashadi.

“Counterpoint” ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda dunyo bo‘ylab jami 16 mingta inson qiyofasidagi robot yig‘ilgan. Ular asosan ma’lumot to‘plash va ilmiy tadqiqotlar, shuningdek logistika, ishlab chiqarish va avtomobilsozlik sohalarida qo‘llanilgan.

Tadqiqot kompaniyasi prognoziga ko‘ra, 2027 yilga borib bozor hajmi 100 ming donadan oshadi, bu 2025 yilga nisbatan olti baravar ko‘p degani. Robotlarning 72 foizi logistika, ishlab chiqarish va avtomobilsozlik sohalariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

“Counterpoint” hisobotida qayd etilishicha, yaqin ikki yil ichida gumanoid robotlar ishlab chiqarayotgan tobora ko‘proq kompaniyalar ularning seriyali versiyalarini bozorga chiqaradi va aynan ushbu robotlarning samaradorligi butun sohaning rivojlanish sur’atlarini belgilab beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda butun dunyo bo‘yicha yetkazib berilgan qariyb 13 ming dona odamga o‘xshash (gumanoid) robotlarning mutlaq ko‘pchiligi Xitoy ishlab chiqaruvchilari hissasiga to‘g‘ri kelgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

odamsimon robot gumanoid robot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing