Xitoy Alibaba kompaniyasiga mamlakat tarixidagi eng katta jarimani tayinladi
Olam
−
10 aprel 2021 10846 1 daqiqa
Xitoyning Bozorni boshqarish va tartibga solish bosh boshqarmasi Alibaba kompaniyasiga mamlakat tarixidagi eng katta jarimani tayinladi. Bu haqda agentlik bayonotiga asoslanib xabar berilgan.
Xitoy regulyatori Alibaba'ni 18,23 milliard yuan (2,78 milliard dollar) miqdorida jarimaga tortgan.
XXRning bozor nazorati bo‘yicha davlat ma’muriyati bunga monopoliyaga qarshi qonunchilikning buzilishi sabab bo‘lganini tushuntirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning dekabr oyida Alibaba'ga qarshi antimonopoliya tekshiruvi boshlangan.
Shu yilning mart oyida "The Wall Street Journal" Xitoy Hukumatining kompaniyaga mamlakat tarixidagi eng katta jarima solishni rejalashtirgani haqida xabar bergandi.
Alibaba Group 1999 yildan beri Xitoyning eng yirik elektron tijorat kompaniyasi hisoblanadi.
Guruh xalqaro Alibaba.com, AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com onlayn platformalariga egalik qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025