Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi
3-sahifa
−
13 aprel
40576Firibgarlik jinoyati uchun Interpol (Xalqaro qidiruv tashkiloti) tomonidan Qizil ogohlantirish bilan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.
Gungo‘ran tumani politsiya bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, Xavfsizlik byurosi xodimlari tumandagi savdo markazlaridan biri yonida bir kishini shubhali xatti-harakatlari sabab to‘xtatgan. To‘xtatilgan shaxs O‘zbekiston rasmiy organlarining iltimosiga binoan Interpol tomonidan Qizil xabarnoma bilan qidiruvga berilgan Eldor A. bo‘lib chiqqan.
36 yosh ekani aytilayotgan o‘zbekistonlik 3 xil qaror bilan Turkiyaga kirishi taqiqlangan, qochqin bo‘lgan.
Firibgarlik jinoyati uchun xalqaro hibsga olish uchun order berilgani aytilgan Eldor A. sud jarayonidan so‘ng deportatsiya qilish uchun Istanbul viloyati Immigratsiya boshqarmasiga topshirilgan.
LiveBarchasi