Kelishuvlarni investitsiyalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishimiz kerak – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

−

image

AQSH bilan erishilgan kelishuvlarni investitsiyalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish kerak. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Kecha, 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Yuzdan ortiq kompaniya vakillari bilan birgalikda sarmoya kiritish, biznesni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

“Mazkur Kengashning tashkil etilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda. Bu yuksak ishonch uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani, O‘zbekistonga qaratayotgan e’tibori va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun Marko Rubio, uning rafiqasi Janett xonim hamda Serjio Gorga ham alohida minnatdorlik bildirgan.

“Endi oldimizdagi asosiy vazifa – erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishdir. AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirishdan ko‘zlagan maqsadimiz ham shu”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga kelgandi. Kecha, 19 oktyabr kuni u “C5+1” formatida vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham Rubio bilan uchrashdi. Yakunda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida turli sohalar bo‘yicha 12 mlrd dollarlik 54 ta shartnomalar paketi imzolandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing