Karlsen 21 yilda ilk bor ketma-ket to‘rtta partiyada yutqazdi

Sport

image

Shaxmat bo‘yicha 16-jahon chempioni va FIDE reytingi peshqadami bo‘lgan norvegiyalik Magnus Karlsen 2005 yildan buyon ilk bor ketma-ket to‘rtta partiyada mag‘lubiyatga uchradi.

35 yoshli norvegiyalik Gonkong shahrida o‘tayotgan tezkor va blits bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatida omadsiz ishtirok etmoqda. Rapid bahslarida Karlsen ketma-ket hindistonlik Arjun Erigaysi, armanistonlik Shant Sargsyan, o‘zbekistonlik Javohir Sindorov va ozarbayjonlik Aydin Sulaymonliga yutqazdi.

Bu Karlsen faoliyatida tezkor shaxmatdagi ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat qayd etilgan ilk holat bo‘ldi. Natijada u jonli reytingda 28,8 ochko yo‘qotdi. Shunga qaramay, norvegiyalik 2803,2 reyting ochkosi bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Biroq bu ko‘rsatkich FIDE 2012 yilda tezkor shaxmat reytingini joriy etganidan beri uning eng past natijasi hisoblanadi. Karlsen ayni paytda tezkor shaxmat bo‘yicha amaldagi olti karra jahon chempioni sanaladi.

Karlsen so‘nggi marta ketma-ket to‘rtta partiyada 2005 yilda, 14 yoshligida mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda u Niderlandiyaning Sxagen shahridagi turnirda ikki tezkor partiyada, keyin esa Norvegiyaning Moss shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada yana ikki klassik partiyada mag‘lubiyatga uchragan.

Shuningdek, Karlsen 2002 va 2003 yillarda ham klassik shaxmatda ketma-ket to‘rtta partiyada mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing