Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyor – manba

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda u indoneziyalik futbol jurnalisti Afandi Gazali bilan suhbat chog‘ida ma’lum qilgan.


“Men Indoneziyani va u yerning muxlislarini yaxshi ko‘raman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Ko‘plab indoneziyalik muxlislar menga terma jamoani boshqarishimni so‘rab xabarlar yuborishdi”,  deydi Kapadze Afandi Gazali bilan suhbat chog‘ida.

Uchrashuv chog‘ida Timur Kapadzening o‘zi ham Indoneziya terma jamoasini boshqarishga qiziqayotganini yashirmagan. U agar Indoneziya futbol assotsiatsiyasi (PSSI) unga ishonch bildirsa, bu taklifni qabul qilishga tayyor ekanini ochiq aytgan.

Gazalining so‘zlariga ko‘ra, hozircha Kapadze faqat PSSI'ning rasmiy taklifini kutmoqda. Tashkilot hozircha unga rasmiy taklif bilan chiqmagan. Shunga qaramay, u 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasini muvaffaqiyatli boshqargani tufayli Indoneziya matbuoti va futbol jamoatchiligi e’tiborida turibdi.

Indoneziyalik muxlislar esa terma jamoa Patrik Klyuyvert bilan hamkorlikni yakunlagandan so‘ng bo‘sh qolgan bosh murabbiylik lavozimi uchun Timur Kapadze nomzodini  asosiy favorit sifatida ko‘rmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi ko‘plab  muxlislar Kapadzening Instagram sahifasiga tashrif buyurib, undan terma jamoani boshqarishni so‘rab murojaatlar yo‘llashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirgi kunga qadar yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Timur Kapadze terma jamoadan ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya Timur Kapadze Indoneziya futbol assotsiatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing