Kante “Al-Ittihod” bilan shartnomasini bekor qildi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi N’Golo Kante Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agent maqomini oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Al-Ittihod” Kantening jamoa safida o‘tkazgan davrini hamda chempionlikni qo‘lga kiritishdagi hissasini yuqori baholaydi. Biz futbolchining klubdagi faoliyatini va erishilgan yutuqlardagi hissasini qadrlaymiz. Unga professional faoliyatining keyingi bosqichida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, Kante 2023 yildan buyon “Al-Ittihod” safida to‘p surib kelayotgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Fenerbahche” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan xato sababli jahon chempioni N’Golo Kanteni transfer qila olmagandi. Endilikda Kante erkin agent sifatida Istanbul klubiga borib qo‘shilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni “Fenerbahche” N’Golo Kante

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing