Kanadaning 51-shtatga aylanishi eng yaxshi yechim – Tramp
Olam
−
10 fevral 3116 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanada mamlakatning 51-shtatiga aylanishi kerakligini yana takrorladi. Bu haqda Tramp Superkubok oldidan “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Kanada bilan savdoda har yili 200 milliard dollar yo‘qotadi.
“O‘ylaymanki, Kanada bizning 51-shtatimiz bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi, chunki biz har yili 200 milliard dollar yo‘qotamiz. Va men buni davom ettirishga ruxsat bermayman. Nega biz Kanadani shunchalik ko‘p pul bilan samarali subsidiya qilmoqdamiz?” deya savol berdi Tramp.
Shuningdek, u Kanada va Meksikadan import bojlarini tartibga solish uchun yetarli qadamlarni ko‘rmayotganini ta’kidladi.
“Yo‘q, bu yetarli emas. Biror narsani o‘zgartirish kerak. Bu davom eta olmaydi va men uni o‘zgartiryapman”, deb ta’kidladi u.
Qayd etish joiz, 1 fevral kuni Donald Tramp Meksika va Kanadadan olib kelinadigan mahsulotlarga 25 foiz, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga esa 10 foiz bojlarni joriy etish haqidagi farmonni imzolagandi. Kanadadan import qilinadigan energiya resurslariga qo‘llaniladigan bojxona bojlari 10 foizni tashkil etardi. Ushbu tariflar Kanada neft, gaz va elektr energiyasini o‘z ichiga olgan barcha energetika tarmog‘iga taalluqli bo‘lishi kerak. 2 fevral kuni esa Kanada hukumati AQSH harakatlariga javoban bugun, 4 fevraldan boshlab AQSH mahsulotlariga ham 25 foiz bojxona bojlarini joriy etishni va bu chora go‘sht, sut va sut mahsulotlari, meva, sabzavot hamda alkogolli ichimliklarni qamrab olishini ma’lum qilgan edi.
Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muzokara o‘tkazib, AQSH tomonidan joriy etilishi rejalashtirilgan bojxona to‘lovlarini kamida 30 kunga to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Live
Barchasi