Qrimda ikki o‘zbekistonlik 14 yilga qamaldi
Olam
−
22 dekabr 2020 12292 1 daqiqa
Qrim orqali Suriyaga ketishni niyat qilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Feruz Habibov va Jasur Mahmudov qamaldi. RossiyaningJanubiy okrug harbiy sudi ma’lumotiga ko‘ra, ular Yaqin Sharqdagi terrorchilar safiga qo‘shilishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, 2019 yilda sudlanuvchilar, Simferopolda bo‘lganlarida, "Jabhat an-Nusra" terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishga va uning Suriya Arab Respublikasidagi faoliyatida ishtirok etishga kelishib olganlar.
“O‘zlarining rejalarini amalga oshirish uchun 2020 yil mart oyida Simferopolda sudlanuvchilar kamuflyaj forma va dori-darmonlarni, shuningdek, yakunda Suriya Arab Respublikasiga yetib olish uchun Krasnodardan Tbilisiga avtobus chiptalarini va Tbilisidan Istanbulga samolyot chiptalarini sotib olishgan”, deyiladi xabarda.
Ular huquq tartibot organi xodimlari tomonidan joriy yilning 26 mart kuni Simferopolda ushlangan. Ulardan biriga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.5-moddasi 2-qismi (terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish) bilan, ikkinchisiga shu va 205.1-moddaning 1.1-qismi (shaxsni terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etishga targ‘ib qilish, yollash yoki boshqa yo‘l bilan jalb qilish) bilan jinoyat ishi ochishgan.
Sudlanuvchilarning biri besh, ikkinchisi 9 yilga qamalgan. Jazoni qat’iy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan. Ularning ikkisi ham jazoning birinchi yilini qamoqda o‘tkazadi.
Live
Barchasi