Qozog‘istonliklar Erondan evakuatsiya qilindi (video)

Olam

image

Qozog‘iston fuqarolari Erondan Ozarbayjonga evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Report” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Astara chegara punktida Qozog‘istonning olti fuqarosi vataniga qaytish uchun Erondan Ozarbayjon chegarasini kesib o‘tgan.

“Erondan evakuatsiya qilinganlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan, jumladan, tibbiy xizmat ko‘rsatish, xohlovchilar ham chegara postida nonushta qilishlari mumkin”, deb qayd etadi nashr.

Bir qator xorijiy davlatlar rasmiy Bakudan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Ozarbayjon hududi orqali qaytarishga yordam berishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyun kuni Isroil Eronga raketa hujumlari uyushtirdi. Oqibatda mamlakatning bir nechta yuqori lavozimli qo‘mondonlari, shuningdek, tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Shuningdek, yadroviy inshootlar zarar ko‘rdi. Umuman olganda, Isroilning 13 iyunga o‘tar kechasi boshlangan yirik zarbalari Eronning 20 ga yaqin yuqori martabali harbiy rahbarlari va asosiy yadroviy olimlarining hayotiga zomin bo‘ldi.

O‘zbekistonning Eron va Isroildagi elchixonalari ushbu mamlakatlardagi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqib, qat’iy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham fuqarolarga tegishli murojaat bilan chiqdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbalaridan xavotir bildirib, tomonlarni bosiqlikka chaqirdi.

Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlardan so‘ng, Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘lladi. Eron harbiy kuchlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uchirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari ushbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan ishga tushirilgan. SAXAL rasmiy bayonotida aytilishicha, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumchi dron va raketalarni tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 dan ortiq kishi jarohat olgan. Isroil tomoni esa 1 kishining o‘limini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing